» » Habib Nurmagomedovning otasi Moskvadagi shifoxonaga olib borildi

Habib Nurmagomedovning otasi Moskvadagi shifoxonaga olib borildi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov maxsus transport orqali Maxachqal’adan Moskvadagi shifoxonalarning biriga olib borildi.

Bu haqda Nurmagomedovlar oilasiga yaqin bo‘lgan Ubaydulla Osmanov ma’lum qildi.

“Bir necha kun avval Abdulmanap bilan gaplashgandim. U hammasi joyida ekani va tuzalayotganini aytgandi.

3-may kuni uning yaqin qarindoshi menga qo‘ng‘iroq qildi. Uning aytishicha, Abdulmanapning sog‘lig‘i birdaniga yomonlashgan va uni Moskvaga olib ketishgan. Menimcha, uning yuragida muammo yuzaga kelgan”, — deydi Osmanov.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi pnevmoniya tashxisi bilan Maxachqal’adagi kasalxonalarning biriga yotqizilgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют