» » Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tugashi haqidagi prognozini bekor qildi

Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tugashi haqidagi prognozini bekor qildi


Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. Ular 3-may, yakshanba kuni bu borada navbatdagi prognozini taqdim etdi.

Ushbu taxminda bu safar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Avval singapurlik olimlar tomonidan O‘zbekistonda 24-may kuni, Qozog‘istonda 2-avgust kuni va Qirg‘izistonda 6-iyun kuni epidemiya tugashini prognoz qilganligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Singapurda e’lon qilingan navbatdagi yangilangan ro‘yxatdan ushbu uch mamlakat o‘rin olmagan. 30-aprelda koronavirusga chalinish holati qayd etilganini e’lon qilgan Tojikiston ham ular orasida yo‘q. Tadqiqotchilar ro‘yxatga kirmagan davlatlardan avval e’lon qilingan prognozlardan foydalanmaslikni so‘ragan.

Olimlar ro‘yxatga kirgan mamlakatlardagi prognozlar doimiy ravishda yangilanib borayotgani va shu sababli universitet saytini kuzatib borishni tavsiya qilgan.

Masalan, Rossiyada avval koronavirus epidemiyasining tugashi 20-iyuldan 19-avgustga ko‘chgan bo‘lsa, endi 17-avgust deb belgilangan. Dunyo bo‘yicha pandemiyaning tugashi avvalgi axborotda 1-dekabrda bo‘lishi taxmin qilingandi, endi ushbu sana 14-dekabr bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tadqiqotchilar prognozlashda SIR-matematik modelidan foyalangan. Bunda infeksiya bilan kasallanishga moyil odamlar soni, bemorlar soni va kasallikdan tuzalganlar soni, shuningdek, ijtimoiy muloqotlar intensivligi hisobga olinadi. Mualliflar ushbu modelning faqat nazariy va ilmiy maqsadlarda o‘ylab chiqilganini bildirgan va ma’lumotni o‘qiyotgan foydalanuvchilardan hissiyotga berilmaslik va karantin bekor qilinishiga ishonib qolmaslikni so‘ragan.

Tadqiqotda rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanilgan va ushbu axborotlar to‘liq emas (dunyoning hech bir mamlakatida aholi COVID-19’ga umumiy tarzda test qilinmagan, bundan tashqari ekspress-testlar ko‘pincha musbat yoki manfiy tahlillar borasida xato natijalarni ko‘rsatgan holatlar kuzatilgan). SIR-model infeksiya tarqalish populyatsiyasi, turli yo‘llar bilan yuqishi va ehtimoliy sabablarni hisobga olish lozim bo‘lgan yerlarda xato qilishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют