» » “Barselona” Lautaro uchun 80 mln yevro va uchta futbolchisini taklif qildi

“Barselona” Lautaro uchun 80 mln yevro va uchta futbolchisini taklif qildi


“Barselona” klubi “Inter” hujumchisi Lautaro Martines borasida navbatdagi taklifni yubordi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.

Unga ko‘ra, kataloniyaliklar 80 million yevroga qo‘shib, uch nafar himoyachi — Nelson Semedu, Xunior Firpo va Jan-Kler Todiboni berishga tayyor. Milanliklar esa bu shartga rozi bo‘lmagan. “Inter” argentinalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 111 million yevro miqdoridagi tovon pulidan kamiga ko‘nish niyatida emas.

Vaziyat Martines Milan shahri klubida qolishiga ishora qilmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, Antonio Konte qo‘l ostidagi yana bir mavsumda 22 yoshli futbolchi o‘zini ko‘rsatadi va uning narxi yanada oshadi.

Joriy mavsum Lautaro klub miqyosida 31 o‘yin o‘tkazib, 16 gol va to‘rtta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют