» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 155 ming kishidan oshdi, 1451 nafar bemor vafot etdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 155 ming kishidan oshdi, 1451 nafar bemor vafot etdi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida 10 102 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 155 370 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

Unga ko‘ra, so‘nggi sutkada mamlakat bo‘ylab 1 770 nafar bermor tuzalgan, 95 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinganlarning qariyb yarmida kasallik belgilari kuzatilmagani ta’kidlangan.

Moskvada 52 kishi, Moskva viloyatida esa 16 kishi kasallikdan vafot etgan. Poytaxt kasallanganlar soni bo‘yicha ham birinchi o‘rinda turibdi.

Mavzuga doir: Moskva meri ayni paytda shahar aholisining qancha qismi koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Umumiy hisobda Rossiyada 1 451 kishi vafot etgan, 19 865 nafari sog‘aygan. Mamlakatda qatorasiga 3 kundan beri har sutkada 10 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlanmoqda. 3-may kuni 10 633 ta holat aniqlangandi, 4-may kuni esa yana 10 581 kishida koronavirus qayd etilgan.

Butun dunyo bo‘ylab esa koronavirusga chalinganlar soni 3,5 million nafardan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus sabab kuzatilayotgan o‘lim holatlarining ko‘pligini D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘lamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют