» » Turkiyadagi asosiy korxonalar 11-maydan qayta ishga tushadi

Turkiyadagi asosiy korxonalar 11-maydan qayta ishga tushadi


Turkiyadagi barcha asosiy sanoat korxonalari 11-may kunidan boshlab o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda mamlakatning sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankka tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on mamlakatni koronavirus pandemiyasidan so‘ng bosqichma-bosqich odatdagi hayot tarziga o‘tkazish to‘g‘risidagi reja bilan bo‘lishgan edi. Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaning 4-may kuni ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni o‘tgan bir sutka ichida 1614 kishiga ko‘paygan — bu oy davomida kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab kasallikka chalinganlar soni 127 ming kishidan oshgan.

“Asosiy korxonalar 11-maydan yana ish boshlaydi”, — deydi Varank.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda 16,9 ming kompaniya aprel oyida e’lon qilingan komendatlik soatiga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Mavzuga doir: Turkiya O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlari to‘plamini taqdim etdi

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi. 24-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda esa Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilishi aytilgandi. 29-aprel kuni esa karantin sababli faoliyati to‘xtagan 10 mingga yaqin korxonaning ishini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют