» » Mbappe yangi shartnoma oldidan PSJga shart qo‘ydi

Mbappe yangi shartnoma oldidan PSJga shart qo‘ydi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe ayrim shartlar bajarilgan taqdirda parijliklar bilan amaldagi bitimni uzaytirishga tayyor, deya xabar qilmoqda AS.

Ta’kidlanishicha, Mbappe ma’lum narx evaziga “Real”ga (yoki boshqa klubga) yo‘l olishi mumkinligi haqidagi bandga ega yangi kelishuvga imzo qo‘yishga tayyor. So‘nggi kunlarda Parij klubi muzokaralarda ijobiy siljishga erishgan.

21 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq OAVda fransiyalik forvardga “Real”dan qiziqish borligi va madridliklar 2021-yilning yozida Mbappeni qo‘lga kiritishga jiddiy kirishishi xabar qilingandi. Shuningdek, yosh iqtidor egasiga “Yuventus”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari ham befarq emas.

Mbappe 2017-yildan buyon PSJda to‘p suradi. Shu vaqtga qadar futbolchi parijliklar safida 120 o‘yin o‘tkazib, 90 ta gol urishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют