» » Qashqadaryoda Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoda Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 4-may, dushanba kuni soat 21:20 larda odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa Mustaqillik ko‘chasida joylashgan Xalq banki ro‘parasida yuz berdi. 1989-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Lacetti yuqori tezlikda ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, harakatda bo‘lmagan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo‘lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilgan.

Lacetti haydovchisi A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi 1986-yilda tug‘ilgan A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. “Jiguli” yuk mashinasiga urilishi oqibatida yuk mashinasida bo‘lgan 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют