» » G‘arb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligiga oid dalillar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi

G‘arb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligiga oid dalillar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi


Daily Telegraph gazetasida g‘arb maxsus xizmatlari hisobotiga tayanib e’lon qilingan Xitoy koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganligi to‘g‘risidagi xabar AQSh tomonidan berilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian. Nashrning yozishicha, shunday yo‘l bilan AQSh, ehtimol, Xitoyga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Gap The Daily Telegraph’ning AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi “Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib yozgan maqolasi haqida ketmoqda. Unda Xitoy koronavirusni yaratish bo‘yicha o‘tkazgan laboratoriya tadqiqotlari haqidagi dalillarni yo‘q qilib yuborgani yozilgan.

The Guardian’ning qayd etishicha, bunga javoban Avstraliya razvedkasi gazetadagi ma’lumotlar “Besh ko‘z” razvedka alyansidan emas, AQShning o‘zidan kelganini bildirgan. “Menimcha, bu kontrpropaganda uyushtirib, Xitoyga bosim o‘tkazish yo‘li bo‘lgan”, — degan gazeta manbasi.

Britaniya rahbariyatidagilar ham hisobot Britaniya razvedkasining maxfiy ma’lumotlariga asoslanmaganligini ta’kidladi, deb yozmoqda The Guardian o‘z manbalariga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, The Daily Telegraph’ning xabarda tilga olinayotgan materiali 2-may kuni e’lon qilingandi. Unda Pekinda o‘tgan yilning dekabr oyi boshida infeksiyaning odamdan odamga yuqishi borasida dalillar bo‘lgani, biroq bu 20-yanvarga qadar yashirib kelingani aytilgan.

Mavzuga doir: AP: Xitoy dori-darmon va himoya vositalarini to‘plab olishi uchun koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirib kelgan

Hujjatga ko‘ra, 3-yanvar kuni Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirus namunalarini yo‘q qilish va noma’lum infeksiya haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

AQShda koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilganini isbotlovchi dalillar borligini Donald Tramp va davlat kotibi Maykl Pompeo bildirgandi. Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risida hech qanday ma’lumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.

Mavzuga doir:  Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют