» » Olmaliqda 2 nafar fuqaroni ishga olib kirishni va’da qilib, ulardan 3 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Olmaliqda 2 nafar fuqaroni ishga olib kirishni va’da qilib, ulardan 3 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga tushdi


Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ikki nafar fuqaroni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga ishga kiritishni va’da qilib, ulardan pul olgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.B. ikki nafar fuqaroni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli avtokorxonaga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilib, shundan ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют