» » Argentinada birinchi marta haydovchi Uber xizmatidan foydalangani uchun sudlandi

Argentinada birinchi marta haydovchi Uber xizmatidan foydalangani uchun sudlandi


Argentina poytaxti sudi buyurtma olish uchun Uber yo‘lovchi tashish onlayn xizmatidan foydalangan haydovchini shartli ravishda ikki kunlik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Buenos-Ayres prokraturasining axborotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, haydovchi “jamoat joyidan nomuvofiq foydalanish” va “noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, sudya shartli ravishda haydovchiga ikki oy davomida avtomobil haydashni taqiqladi.

Prokuror Martin Lapaduning so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikka tortilgan haydovchi ikki yil ichida yana Uber xizmatidan foydalansa yoki boshqa qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.

Uber 2016-yil aprel oyida Buenos-Ayresda buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. Shu oyning o‘zida poytaxt sudi taksichilar kasaba uyushmalaridan ariza qabul qilgan va shahar rahbariyatini ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqqunga qadar xizmat faoliyatini to‘xtatishga majbur qilgan edi. Kompaniya qarorga bo‘ysunishdan bosh tortgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют