» » O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi


O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatiladi, xususan, maxsus stikeri yo‘q avtomobillar harakatiga nisbatan o‘rnatilgan cheklov bekor qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Yuksalish” umummilliy harakati.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan ikki hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirilgan. Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog‘istonda 857 ta korxona o‘z faoliyatini tiklagan.

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo‘yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat beriladi.

“Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi. Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklanadi”, — deyiladi “Yuksalish” axborotida, biroq ruxsat qachondan berilishi ma’lum qilinmagan. Deputat Bobur Bekmurodovning qo‘shimcha qilishicha, ruxsat aynan qachondan boshlab amal qilishi borasida Respublika maxsus komissiyasi qarorini kutish lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi boshlanganidan so‘ng Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishiga taqiq qo‘yilgan, ulardan faqat maxsus stikerlar bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat berilgan edi. Bir muddat avval kunning ma’lum vaqtlarida shaxsiy avtomobildan foydalanishga ruxsat berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют