» » NASA xodimlari “O‘lim yulduzi”ni ko‘rsatdi (foto)

NASA xodimlari “O‘lim yulduzi”ni ko‘rsatdi (foto)


NASA xodimlari “Yulduzlar jangi” filmidagi “O‘lim yulduzi”ga o‘xshash oyni ko‘rsatdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Suratlar kosmik agentlikning Instagram sahifasida paydo bo‘ldi.

Suratlarda Saturnning muzlagan oyi — Mimas aks etgan. Uning yuzasining bir tomonida ulkan krater ko‘rinadi. U Gershel krateri nomini olgan.

Shuning uchun ham kosmik tana “Yulduzlar jangi” filmidagi “O‘lim yulduzi”ga o‘xshaydi. Qayd etilishicha, suratlar Kassini kosmik kemasi yordamida olingan. U 2004—2017-yillarda Saturn orbitasida bo‘lgan.

NASA suratlar izohiga #StarWarsDay heshtegini ham qo‘shgan. Jorj Lukasning fantastik sagasining dunyo bo‘ylab muxlislari “Yulduzlar jangi” suratga olingan kunni bayram sifatida nishonlaydi.

Mavzuga doir: NASA tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Yerning eng yaxshi suratlari aniqlandi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют