» » “Juda xijolatdamiz”. O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

“Juda xijolatdamiz”. O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi


O‘zbekiston hukumati Sardoba suv omboridagi falokat oqibatida qo‘shni mamlakatda yuz bergan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishda qozog‘istonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Afsuski, Sardobadagi ofat natijasida biz bilan chegaradosh bo‘lgan yon qo‘shnimiz — Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Maqtaaral tumanining ayrim aholi punktlarini ham suv bosdi. Biz Qozog‘iston prezidenti, hurmatli Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bu masalani o‘zaro tushunish va ochiqlik ruhida atroflicha muhokama qilib oldik. Kuni kecha Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida bo‘lib, vaziyatni har tomonlama chuqur o‘rgandi.

Biz qardosh qozoq xalqi bilan azal-azaldan bir daryodan suv ichib, o‘zaro quda-anda bo‘lib, et bilan tirnoqdek yaqin bo‘lib yashaganmiz. Quvonchli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamisha bir-birimizga yelkadosh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qo‘shni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan juda ham xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz.

Hukumatimiz, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boshqa mutasaddi va mutaxassislar qozog‘istonlik hamkasblari bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha, albatta, yaqindan hamkorlik qiladi. Biz qozog‘istonlik birodarlarimizga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda kerakli yordam berishga ham tayyor ekanimizni bildirdik.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir:

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-maydagi videoselektor yig‘ilishida Sardobadagi falokat oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani, bir kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan edi. Prezidentning ta’kidlashicha, fojianing barcha aybdorlari, “kim bo‘lishidan qat’i nazar”, qonun oldida albatta javob beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют