» » Andijonda saharlik vaqtida velosiped o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Andijonda saharlik vaqtida velosiped o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Andijonda ko‘p qavatli uylar oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 25-aprel kuni tongi soat 03:00 dan 04:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs tomonidan Andijon shahar, beshinchi kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uy yo‘lagida qarovsiz qoldirilgan, fuqarolar R.S. va U.B.larga qarashli uchta velosiped o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, shu kunning o‘zida noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon shahar IIOFMB hamda viloyat patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv, surishtiruv ishlari natijasida velosiped o‘g‘rilari aniqlanib, qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, o‘g‘rilik qilgan shaxslar Andijon shahrida yashovchi fuqarolar S.X., J.O. hamda Asaka tumanida yashovchi A.Sh. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Jinoyatchilardan 3 dona velosiped daliliy ashyo tariqasida olinib, egalariga topshirilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют