» » UFC prezidenti: Habib Nurmagomedov haddan tashqari boy, unda pulga umuman ehtiyoj yo‘q

UFC prezidenti: Habib Nurmagomedov haddan tashqari boy, unda pulga umuman ehtiyoj yo‘q


UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov katta miqdorda pul ishlab topgani va u hozirda pul uchun jang qilmasligini ma’lum qildi.

Bo‘lajak to‘qnashuvlar haqida gapirar ekan, Uayt rossiyalik yakkakurashchi uchun pul ahamiyat kasb etmasligini bildirdi.

“Odamlar tushunmayapti, Habib aqlbovar qilmas darajada boy! U juda boy odam, Habibda pulga ehtiyoj umuman yo‘q”, — deydi funksioner.

Shuningdek, Deyna Konor Makgregor va Nurmagomedov o‘rtasidagi revansh hamda Habib—Toni Fergyuson to‘qnashuvi katta qiziqishga sabab bo‘lishi, bu esa ko‘p pul keltirishini aytib o‘tgan.

Mavzuga oid: Habib Nurmagomedovning otasi Moskvadagi shifoxonaga olib borildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют