» » Fransiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat yanvar oxirida emas, dekabr oyidayoq yuz bergani ma’lum bo‘ldi

Fransiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat yanvar oxirida emas, dekabr oyidayoq yuz bergani ma’lum bo‘ldi


JSST dunyoning turli davlatlarida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyidayoq boshlangan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda tashkilotning rasmiy vakili Kristian Lindmayer 5-may kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

U Fransiya kasalxonasiga 27-dekabr kuni davolanishga kelgan bemor tahlilida koronavirus topilganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan. Shu kungacha Fransiyada kasallikka chalinish bo‘yicha dastlabki holat yanvar oxirlarida qayd etilgan, deb hisoblangan.

Kristian Lindmayer bu ma’lumotni qiziq deb baholagan, lekin buning hayron qolarli joyi yo‘qligini ta’kidlagan. “Koronavirus bo‘yicha ilk holat dekabr oyi boshlarida qayd etilgan edi. Kasallangan odamlar bu paytda Uxandan boshqa davlatlarga sayohat qilgan bo‘lishi mumkin”,— deb bu holatga izoh bergan JSST vakili.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 million kishidan, qurbonlar soni esa 250 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: JSST bosh direktori koronavirusga qarshi eng samarali choralardan birini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют