» » Shavkat Mirziyoyev aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligini saqlash choralarini ko‘rishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligini saqlash choralarini ko‘rishni buyurdi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soliq tushumlarini ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

2020-yilning yanvar–aprel oylarida bu boradagi prognoz 102,7 foizga bajarilgan. Bundan buyon budjetga tushumlar sezilarli ravishda ortib borishi qayd etilib, mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga ham yana bir bor e’tibor qaratilib, aholini asosiy turdagi mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari belgilandi.

Videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilgan. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan vazirlar va hokimlar axborot bergan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют