» » Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov ishdan bo‘shatildi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov ishdan bo‘shatildi


Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda agentlik vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uning o‘rniga hozircha hech kim tayinlanmagan. “Iste’fo haqida tez orada rasman axborot beriladi”, — deya ta’kidladi agentlik vakili “Daryo”ga.

Avvalroq Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha agentlik mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazgan tadbir natijalari bekor qilingani haqida axborot berilgan edi.

Mavzuga doir: Migratsiya agentligi o‘tkazgan Janubiy Koreyada ishlash istagidagi fuqarolarni ro‘yxatga olish natijalari bekor qilindi

Ro‘yxatga olish natijalari Janubiy Koreyada ishlash istagidagi “talabgorlarning bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklarga sabab bo‘lgani” tufayli bekor qilingan.

Rasmiy axborotga ko‘ra, ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni “yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan” o‘tkaziladi.

“Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi agentlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют