» » O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi

O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi


Farg‘ona viloyatda bir yo‘la 47 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Reabilitatsiyaga kuzatilganlarning 11 nafari Rossiyada bo‘lib qaytgan, yana 11 nafari esa Turkiyadan charter reysda Farg‘onaga olib kelingan va karantinga olingan. Yana 1 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan.

Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 24 nafar bemor esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlarning 36 nafari Farg‘ona viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Navoiy, Samarqand viloyatlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan bemor butunlay sog‘aygan.

Ularning 31 nafari erkak, 16 nafari ayollar bo‘lib, eng kattasi 86 yoshli otaxon bo‘lsa, eng kichigi 3 yoshli bola.

Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasidan ayni paytda 131 nafar bemor butunlay sog‘aydi.

Avvalroq Buxoro, Samarqand, Toshkentda jami 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1454 nafarga yetgani xabar qilingandi.

2020-yil 5-may holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 96 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 4-may soat 23:00 dan 5-may soat 10:00 ga qadar, ya’ni 11 soat davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagandi, biroq 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 kishiga oshib, kasallanganlar 2204 nafarga yetdi. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning o‘n nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют