» » “Ikki boshli” noyob Dodge Double Head iyun oyida auksionga qo‘yiladi (foto)

“Ikki boshli” noyob Dodge Double Head iyun oyida auksionga qo‘yiladi (foto)


Mecum kimoshdi savdolar uyi odatda noyob va kolleksion avtomobillarni sotish bilan shug‘ullanadi, biroq bu safargi Dodge Double Header (“ikki boshli”), shubhasiz boshqa avtomobillardan ajralib turadi. U yagona nusxada bo‘lib, iyun oyida kimoshdi savdolariga qo‘yilishi kutilmoqda, deb xabar qiladi Carakoom.

Mazkur noodatiy loyiha 1981-yilgi Dodge Colt va 1981-yilgi Plymouth Champ kombinatsiyasini o‘zida mujassamlashtirgan.

Lotning o‘ziga xosligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Shunisi ma’lumki, ikkala mashina teng yarmidan bo‘linib, keyin birlashtirilgan. Hosil bo‘lgan kombinatsiya aslida u qadar yomon emas, ish ham sifatli bajarilgan. Natijada avtomobilning ikki boshi bir-biriga nisbatan ko‘zgudagi aksdek ko‘ringani sababli avtomobil simmetrik tus olgan.

Avtomobil saloni ham qiziqarli tarzda jihozlangan. Salonning bir qismi qizil aralash qora rangli charm qoplangan o‘rindiqlardan iborat bo‘lsa, qolgan yarmi aksicha — qora aralash qizil rangli o‘rindiqlar.

Kapotlar ostida 80 ot kuchiga ega 1,6 litrli to‘rt silindrga ega dvigatel o‘rin olgan. Ularning har biri alohida to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisiga ulangan. Avtomobilning har ikki tomonidan ham boshqarish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют