» » Salim Abduvaliyev: Boshqalar xafa bo‘lmasin-u, men uchun faqat 2 ta sport turi mavjud — kurash va boshqalar

Salim Abduvaliyev: Boshqalar xafa bo‘lmasin-u, men uchun faqat 2 ta sport turi mavjud — kurash va boshqalar


5-may kuni o‘zining 70 yoshini qarshilagan, erkin kurash bo‘yicha besh karra O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti Salim Abduvaliyev kurashga bo‘lgan mehri haqida gapirib o‘tdi.

“12 yoshimda paxta terimi vaqtida kurash musobaqasi o‘tkazilgandi, o‘shanda hammani yutib chiqqanimdan keyin murabbiyim Obid Nozirov akamning yoniga kelib, meni kurash sport turiga berishni maslahat bergan. Shundan keyin kurash bilan shug‘ullandim, kolxozda ham ishladim. Ketma-ket besh karra O‘zbekiston chempioniga aylandim. Butun SSSR kurash musobaqasida oltin medal oldim.

Kurash men uchun butun borliq, bu sport menga hamma narsa berdi. Boshqa sport turlari rahbarlari xafa bo‘lmasin, shiorim shunday — men uchun butun olamda ikkita sport turi bor: kurash va qolgan hammasi.

Yetmish yoshga kirdim, biroq hayot endi boshlandi, hali oldinda ulkan rejalar turibdi. Menda yirik dasturlar bor, Olimpiada o‘yinlari yaqinlashmoqda. O‘tgan yili bizning yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz dunyoda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mayli bizni Shimoliy Kavkaz, Osetiya, Dog‘iston, Gruziya va Rossiya kurashchilar bilan ta’minlaydigan bo‘lsa ham... Mixail Mamiashvili (Rossiya kurash federatsiyasi prezidenti) sog‘ bo‘lsin, undan o‘zlariga keraksiz kurashchilarni bizga yuborishi haqida so‘rasam, yo‘q demaydi. U bizga yosh kurashchilarni jo‘natadi. Chunki Rossiya buyuk mamlakat, barcha kurashchilar o‘sha yerda. U yerda faqat kurashchilar tug‘iladi”, — deydi Salim Abduvaliyev tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab taqdim etilgan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev 1997-yildan buyon O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. Shuningdek, u 2000-yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib boradi.

Mavzuga doir: Salim Abduvaliyev: Farg‘ona yoki Qirg‘izistonda emas, aniq Toshkentda tug‘ilganman

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют