» » BAAda 48 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)

BAAda 48 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi (video)


Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Sharja shahridagi osmono‘par binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Khaleej Times xabar bergan. Nashr o‘zining Twitter’dagi sahifasida voqea joyidan yong‘in videolarni ham e’lon qilgan.

Gulf News’ning mahalliy politsiyaga tayanib, xabar qilishicha, yaqin atrofdagi binolarda yashovchi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Nashr bino avtoturargoh bilan qo‘shib hisoblaganda 45 qavatli ekanligini yozgan. Biroq keyinchalik osmono‘par bino 48 qavatli ekanligi oydinlashdi.

Keyinroq gap katta qismi turar joy sifatida ajratilgan 190 metr balandlikdagi Abbco minorasi haqida ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat sabab to‘qqiz kishiga talafot yetgan. Jarohatlangan yetti nafar fuqaro yaqin atrofdagi kasalxonaga yotqizilgan. Biroq hali ham olov ichida qolgan xonadonlarda odamlar bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi yuzasidan aniq ma’lumotlar yo‘q.

Yong‘inning kelib chiqishiga nima sabab bo‘lganligi ham oshkor etilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют