» » Kanadadagi Slims daryosi bir yil ichida yo‘q bo‘lib ketdi

Kanadadagi Slims daryosi bir yil ichida yo‘q bo‘lib ketdi


AQSh hamda Kanada olimlari 2016-yilda Shimoliy Amerikadagi daryolardan biri yo‘qolganini aniqladi, deb xabar berdi Nature Geoscience.

Mutaxassislar 2016-yilda suvi shimol tomon oqib (Bering dengizi tomon) shu nomdagi dengizga borib quyuladigan, Yukon hududida joylashgan Slims daryosi deyarli yo‘q bo‘lib ketganini aniqladi.

Daryoning sayozlashib ketganiga Kanadadagi ulkan Kaskavulsh muzligining materik ichkarisi tomon chekinishi sabab bo‘lgan. Ushbu tabiat hodisasi so‘nggi bir necha ming yillar davomida o‘rnatilgan oqimlar tizimini o‘zgartirib yubordi, oqibatda muzliklar suvi Slims daryosi orqali shimol yo‘nalishida emas, balki janub tomonga, Kaskavulsh daryosi orqali Tinch okeaniga chiqib keta boshladi.

Olimlar ushbu hodisaga global isishni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Slims daryosi 2015-yilda ham mavjud edi. Mutaxassislar tomonidan daryoning yo‘q bo‘lib ketgani sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar va hududni uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida o‘rganish orqali aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют