» » First Development Group’ning savdo ofisi barcha sanitariya me’yorlariga amal qilgan holda, faoliyatini qayta boshladi, qurilish ishlari esa davom etmoqda

First Development Group’ning savdo ofisi barcha sanitariya me’yorlariga amal qilgan holda, faoliyatini qayta boshladi, qurilish ishlari esa davom etmoqda


First Development Group kompaniyasi 2020-yilning 04-maydan boshlab, savdo markazi Respublika krizisga qarshi komissiyasining barcha talablari, shuningdek COVID-19 epidemiyasi bilan bog‘liq ravishda cheklov choralari sharoitida O‘zbekiston Respublikasining sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyenik me’yorlariga rioya qilgan holda, o‘z faoliyatini qayta boshlaganligini mamnuniyat bilan xabar qiladi.

Kompaniya ofisida muntazam ravishda xonalarga sanitar ishlov berish ishlari amalga oshiriladi. Kompaniya xodimlari va tashrif buyuruvchilarning ofisga kelishda harorati o‘lchanib, qo‘llari antiseptik vositalar bilan tozalanadi. Shu bilan birga, xodimlar tomonidan shaxsiy himoya vositalarining qo‘llanilishi nazorat qilinadi va har ikki soatda xonalar shamollatiladi.

Qurilish maydonchasining perimetri bo‘ylab maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lib, barcha ishchilar shuningdek shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Begona shaxslarga kirish qat’iyan man etilgan.

Kompaniyaning barcha xodimlari hamkasblari va kompaniya mijozlari bilan muloqot qilishda ijtimoiy masofa saqlaydilar.

FDG kompaniyasining mijozlari va mehmonlari uchun, shaxsiy himoya vositalariga tasodifan zarar yetkazilgan taqdirda, bir martalik qo‘lqoplar va himoya niqoblari berilishi tashkil etilgan.

Bizning savdo ofisimiz ish kunlari bo‘yicha 09:00 dan 19:00 gacha, yakshanba kuni — 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Ma’lumotlar uchun telefon: (+998) 78?150?55?11.

Sayt: fdg.uz

Telegram: t.me/fdguz

Instagram: @fdg_uz

Facebook: fb.com/firstdevelopmentgroup

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют