» » O‘zbekistonda tuman va shaharlar karantin darajasiga ko‘ra “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratiladi

O‘zbekistonda tuman va shaharlar karantin darajasiga ko‘ra “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantin choralari yumshatiladigan hududlarni ajratish masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar bermoqda.

Aniq mezonlar — kasallar soni va davolanish dinamikasi asosida baholangan sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda tuman va shaharlar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratib chiqiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda har bir tuman va shaharda karantin darajasini belgilab chiqish, joylardagi vaziyatning o‘zgarishiga qarab tezkorlik bilan ularni o‘zgartirib turish topshirildi. Pandemiya davrida 23-aprelda tasdiqlangan vaqtinchalik sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga rioya etilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident o‘z faoliyatini qayta boshlagan korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni topshirdi.

Avvalroq avtomobillar uchun ruxsat beruvchi stikerlar bekor qilinib, shaxsiy transportdan foydalanishga ruxsat berilishi kutilayotgani xabar qilingan edi. “Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan biz cheklovlarni bekor qilishda davom etamiz. Agarda vaziyat, aksincha, yomonlashsa, biz karantin choralarini qayta tiklaymiz”, — degandi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют