» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 871 nafarga, virus qurbonlari esa 12 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 871 nafarga, virus qurbonlari esa 12 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 871 kishiga yetdi. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“6-may holatiga ko‘ra, mamlakatda yana 28 kishida COVID-19 aniqlandi, ularning to‘rt nafari — tibbiyot xodimlari”, — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik oqibatida vafot etish bo‘yicha yana bir holat qayd etilgan. “O‘tgan bir sutka davomida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 67 yoshli ayol vafot etdi. Unda ikki tomonlama pnevmoniya, poliorgan yetishmovchiligi, bosh miya shishi aniqlangan. Bundan tashqari, bemor jigar sirrozi va ekssudativ plevritdan ham aziyat chekkan”, — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 12 kishiga yetdi. Bemorlarning 614 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Pandemiya boshlanganidan buyon respublikada koronavirusga qarshi 60 mingga yaqin test olingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 6-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2217 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1501 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 706 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют