» » Nikolas Keyj ilk marta serialda suratga tushadi. U hayvonlar himoyachisi o‘limini buyurtma qilgan hayvonot bog‘i egasini gavdalantiradi

Nikolas Keyj ilk marta serialda suratga tushadi. U hayvonlar himoyachisi o‘limini buyurtma qilgan hayvonot bog‘i egasini gavdalantiradi


Gollivud aktyori Nikolas Keyj xususiy hayvonot bog‘i egasi Jo Ekzotik haqidagi serialda bosh rolni ijro etadi, deb xabar beradi Meduza.

CBS’da efirga uzatiladigan serial 8 qismdan iborat bo‘ladi.

Jo Ekzotik AQShdagi mashhur xususiy hayvonot bog‘laridan birining egasi. Ekzotikni hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblashgan. U tergov jarayonini to‘xtatish uchun hayvonlar himoyachisi Kerol Baskinni o‘ldirish maqsadida killer yollagan. Killer esa FQB agenti bo‘lib chiqqan. 2019-yilda Ekzotik 22 yilga qamalgan.

2020-yilning mart oyida Netflix’da Ekzotik haqida hikoya qiluvchi “Yo‘lbarslar qiroli: Qotillik, tartibsizlik, ahmoqlik” deb nomlangan hujjatli film e’lon qilindi.

Nikolas Keyj karyerasi davomida 100 dan ortiq filmda suratga tushgan, biroq shu paytgacha biron marta serialda rol ijro etmagan. 1981-yilda o‘smir Nikolas “The best of times” (Vaqtlarning eng yaxshisi) shousida rol ijro etgan. Biroq ilk qismidan so‘ng u efirdan olib tashlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют