» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 4277 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 4277 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 72 ta holat qayd etilib, butun mamlakat bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 4277 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 29 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 1279 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimini 11-maygacha uzaytirgan edi. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 6-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2217 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1501 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 706 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют