» » Ona kit sayyohlarga bolasi bilan “tanishish”ga ruxsat berdi (video)

Ona kit sayyohlarga bolasi bilan “tanishish”ga ruxsat berdi (video)


Meksikaning Quyi Kaliforniya shtati sohillari kitlarni kuzatish mumkin bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi joylardan biri. Yaqinda sayyohlar kitni nafaqat yaqindan ko‘rishga, balki uning bolasini silab ko‘rishga ham muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi National Geographic.

Qishda Quyi Kaliforniyaga kitlarning o‘nlab turlari, jumladan kulrang kitlar ham suzib keladi. Bu dengiz sutemizuvchilari yozda Chukotka va Bering dengizida yog‘ to‘playdi, oktabrda esa kuniga 120 kilomter suzib janubiy sohillar tomon yo‘l oladi. Kitlar dekabr oyi oxiri fevral oyining boshlarida Kaliforniya ko‘rfaziga suzib kelib ko‘paya boshlaydi. Ularning homiladorlik davri bir yilga yaqin davom etadi.

Urchitish mavsumining uch haftasidan so‘ng erkak kitlar yana ortga, shimolga qaytadi. Homilador yoki yangi tug‘ilgan bolasi bor urg‘ochi kitlari mart-aprel oyiga qadar xavfsiz joyda qoladi.

Quyi Kaliforniyaga qish hamda bahorda tashrif buyurgan sayyohlar kitlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘plab kompaniyalar bu kabi turlarni tashkil qiladi. Yaqinda shulardan biri odamlar va kitlar uchrashuvi tasvirga tushirilgan videoni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joyladi. Urg‘ochi kit odamlardan nafaqat qo‘rqmadi, xuddiki bolasini ularni oldiga tanishtirgani olib keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют