» » Qashqadaryo — “yashil” hudud. Qarshida shaxsiy avtomobillar harakati va taksilar qatnoviga ruxsat berildi

Qashqadaryo — “yashil” hudud. Qarshida shaxsiy avtomobillar harakati va taksilar qatnoviga ruxsat berildi


Qarshi shahrida 7-maydan boshlab shaxsiy avtomobillar harakati va yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda 6-may kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev hudud aholisiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilgan. Qayd etishlaricha, kun davomida maqsadli harakatlanish mumkin.

“Yo‘nalishsiz taksilarga uch nafar yo‘lovchi bilan yurishga ruxsat berilgan. Damas va avtobuslarga ruxsat berilmaydi” — deyiladi hokimlik axborotida. Aholi karantin qoidalariga amal qilgan holda mototsikl, skuter va velosipedlardan ham cheklovsiz, ammo maqsadli foydalanishi mumkin.

Viloyatda, shuningdek, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, savdo do‘konlari hamda mehmonxonalar (nonushtasiz) faoliyati ham qayta tiklanadi. Ushbu o‘zgarishlar Qashqadaryo viloyati “yashil” hudud deb topilgani bilan bog‘liq — ayni vaqtda viloyatda koronavirusga chalingan biror bemor yo‘q.

Avvalroq Samarqand va Namangan viloyatlari “qizil” hudud belgilangani, ushbu hududlarda karantin qoidalari hozircha yumshatilmasligi ma’lum qilingan edi. Hududlarni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “qizil”, “sariq”, “yashil” hududlarga bo‘lish tashabbusi Prezident raisligida 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ilgari surilgan.

Qayd etish joiz, agar epidemiologik vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanadi. “Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют