» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1547 nafarga yetdi. 660 bemor davolanishni davom ettirmoqda

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1547 nafarga yetdi. 660 bemor davolanishni davom ettirmoqda


O‘zbekistonda 6-may kuni soat 12:50 ga qadar 46 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiya kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, Andijon viloyatidan 7 nafar, Namangan viloyatidan 31 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 3 nafar kishi kasallikdan to‘liq sog‘aygan.

Andijonda sog‘ayganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol, barchasi Andijondan; eng kattasi 48 da, eng kichigi 10 yoshda. Ular kasallikni koнормronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 126 nafarga yetgan.

Namanganda sog‘ayganlarning 14 nafari erkak, 17 nafari ayol, bari Namangandan; eng kattasi 60 da, eng kichigi 9 yoshda. Ularning bari kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan. Ular orasida. Viloyatda sog‘ayganlar soni 137 nafarga yetdi.

Buxoroda sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol, eng kattasi 50 yoshda, eng kichigi 14 yosh. Ularning 4 nafari Buxorodan — kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan; 1 nafari Toshkentdan — u Rossiyadan charter reysda Buxoroga olib kelingan, karantinda koronavirus tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Buxoroda sog‘ayganlar soni 372 nafarga yetdi.

Samarqandda sog‘ayganlarning uchalasi (7 yosh, 31 yosh va 78 yosh) erkak bo‘lib, ular viloyatning Toyloq tumanidan, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi. Viloyatda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 37 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may soat 12:50 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 1547 nafarni tashkil etmoqda. Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari kasallikdan xoli hududga aylangan.

Ayni vaqtda, 6-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 2217 tani tashkil etmoqda — bemorlardan 660 nafari hozirda davolanishni davom ettirayotgan bo‘lsa, 10 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют