» » Ronaldinyo gegemoniyasiga chek qo‘ygan Messi, top-10 dan joy olgan yetti nafar La Liga vakili. 2009-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Ronaldinyo gegemoniyasiga chek qo‘ygan Messi, top-10 dan joy olgan yetti nafar La Liga vakili. 2009-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2009-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

Mazkur yilga kelib uzoq vaqt davomida reytingda yetakchilik qilgan Ronaldinyo top-10 ga ham kira olmaydi. Uning o‘rnini “Barselona”dagi kabi Lionel Messi meros qilib oladi. Argentinalik hujumchi singari 70 million yevroga baholangan Krishtianu Ronaldu esa ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Kaka (60 million yevro) kuchli uchlikka yakun yasaydi.

2009-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Lionel Messi — 70 million yevro

2. Krishtianu Ronaldu — 70 million yevro

3. Kaka — 60 million yevro

4. Stiven Jerrard — 50 million yevro

5. Andres Inyesta — 50 million yevro

6. Xavi — 50 million yevro

7. Zlatan Ibragimovich — 46 million yevro

8. Fernando Torres — 46 million yevro

9. Frenk Lempard — 45 million yevro

10. David Vilya — 45 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2009-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (32 million yevro);

Himoyachilar: Jon Terri (35), Rio Ferdinand (35), Nemanya Vidich (35);

Yarim himoyachilar: Stiven Jerrard (50), Xavi (50), Kaka (60), Andres Inyesta (50), Lionel Messi (70);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (70), Zlatan Ibragimovich (46).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют