» » Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning “yo‘qolib qolishi”ga oid taxminlari bilan bo‘lishdi

Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning “yo‘qolib qolishi”ga oid taxminlari bilan bo‘lishdi


Janubiy Koreya Davlat razvedka xizmatining taxminiga ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In ichki ishlarni tartibga solish zaruriyati, shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab uzoq vaqt ommaviy tadbirlarda ko‘rinish bermagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Razvedkaning hisoblashicha, Kim Chen In ichki kadrlar almashinuviga bor diqqatini qaratib, partiya-davlat hamda harbiy qudratni mustahkamlash borasida yig‘ilishlar o‘tkazgan. Shuningdek, bu vaziyat koronavirus infeksiyasi tarqalgan vaqtga to‘g‘ri kelib qolgani sabab ommaviy faollik jiddiy qisqartirilgan”, — deydi parlamentning razvedka qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Byon Gi.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In yil boshidan buyon 17 marotaba ommaga ko‘rinish bergan, bu Kim hokimiyatga kelganidan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu esa KXDR yetakchisining sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligini anglatmaydi.

“Razvedkaning taxminiga ko‘ra, yurakka oid jarrohlik amaliyotlari yoki operatsiya o‘tkazilmagan… mutaxassislarning fikricha, gap yurakka bog‘liq muammolar haqida ketganida, jarayon bunchalik oson kechmas edi, Shimoliy Koreya yetakchisining sog‘lig‘ini 4-5 hafta nazorat qilish kerak bo‘lardi. Kim Chen In jamoatchilikka ko‘rinish bermagan bo‘lsa ham davlat ishlari bilan odatdagi rejimda shug‘ullanishni davom etgan”, — deydi Kim Byon Gi.

Mavzuga doir: Putin Kim Chen Inni G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdirladi

Eslatib o‘tamiz, CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi KXDR yetakchisi soppa-sog‘ ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют