» » Buyuk Britaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi

Buyuk Britaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Yevropa davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi


Buyuk Britaniya koronavirusdan o‘lim darajasi bo‘yicha Yevropaning barcha davlatlarini ortda qoldirdi. Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 32,3 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi, yaqin vaqtgacha epidemiologik vaziyat eng og‘ir deb hisoblangan Italiyada esa o‘lim holatlari 29 mingdan ortiq.

Independent xabariga ko‘ra, bunday ma’lumotlar Milliy statistika xizmati (ONS) tomonidan e’lon qilingan.

ONS hisobotiga ko‘ra, aksariyat o‘lim holatlari kasalxonalarda sodir bo‘lgan (19,6 ming). Qariyb 5,9 ming kishi qariyalar uyi va internatlarda vafot etgan. COVID-19 bilan kasallanganlarning 1,3 mingdan ortig‘i o‘z uyida, 301 kishi palliativ yordam ko‘rsatiluvchi maxsus kasalxona (xospis)larda vafot etgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan statistikada faqatgina shifoxonalarda sodir bo‘lgan o‘limlar hisobga olingan.

BBC’ning yozishicha, turli mamlakatlarda o‘limni hisoblashning turli xil usullariga qaramay, ONS’ning yangi statistikasi koronavirus qurbonlarining haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda epidemiya cho‘qqisidan o‘tganini, hukumat karantin choralarini yumshatish masalasini ko‘rib chiqishini bildirgandi. U iqtisodiyotni tiklash, bolalarni maktabga qaytarish, kompaniyalar ishini qayta tiklash bo‘yicha batafsil rejani taqdim etishga va’da bergan.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 milliondan, qurbonlar esa 250 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: Boris Jonson koronavirusdan o‘ladigan bo‘lsa, qanday asosiy harakatlar rejasi tayyorlab qo‘yilganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют