» » Andijon hokimligi sartaroshxona va taksilar faoliyati tiklangani haqidagi xabarlari rad etdi

Andijon hokimligi sartaroshxona va taksilar faoliyati tiklangani haqidagi xabarlari rad etdi


Andijon hokimligi viloyatda yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani, go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklangani haqidagi xabarni rad etdi.

Gap shundaki, Andijon viloyat hokimligi 2020-yil 4-may kuni “Andijonda bir qancha yo‘nalishlarga faoliyat olib borish uchun ruxsat berildi”, deb rasmiy xabar tarqatdi. Mazkur xabarga ko‘ra, “Daryo” Andijonda yo‘lovchi tashishga ruxsat berilib, go‘zallik saloni hamda mehmonxonalar faoliyati tiklanganini xabar qildi.

Andijon viloyat hokimligi 5-may kuni mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirib, “...ushbu xabar orqali Andijon viloyati hokimligi tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatini tiklash jarayonlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutilgan”, — deya izohlagan.

Hokimlik munosabati so‘ngida “Respublika bo‘ylab maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sartaroshxonalar, mehmonxonalar hamda taksilar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan amalga oshirilishini ma’lum qilamiz”, deya xabar mazmunini inkor etib, dastlabki xabarni rasmiy kanalidan o‘chirib yuborgan.

 Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют