» » Olimlar koronavirusning ikkinchi, hatto uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Olimlar koronavirusning ikkinchi, hatto uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi


Germaniyaning Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler koronavirus pandemiyasining ikkita yangi to‘lqini bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Uning aytishicha, koronavirus aholining 60-70 foizi u bilan kasallanmagunicha tarqalishda davom etadi.

“Biz uning ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligini deyarli bilamiz”, — degan Viler. Shuningdek, ba’zi olimlar koronavirusning uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkin, deb hisoblayotganini qo‘shimcha qilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy masofalanish kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Amerikalik mutaxassislar koronavirus 2022-yildan keyin yana paydo bo‘lishini prognoz qilgandi. Xitoylik olimlar esa koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishini ma’lum qilgan. Ularning fikricha, bu insoniyat bilan uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan kasalliklar kabi mavsumiy epidemiyaga aylanishi mumkin.

Koronavirus dunyoning deyarli barcha davlatlarida tarqalgan. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 million kishidan, qurbonlar soni esa 250 ming kishidan oshib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют