» » AQShdagi portda Nissan avtomobillari ortilgan kema yarim kunda bo'shatilishi o'rniga qariyb bir hafta turib qoldi

AQShdagi portda Nissan avtomobillari ortilgan kema yarim kunda bo'shatilishi o'rniga qariyb bir hafta turib qoldi


Aprel oyining oxirlarida Los-Anjeles qirg‘oqlarida Nissan va Infiniti’ning ikki mingta avtomobilini olib kelgan Jupiter Spirit yuk kemasi qariyb bir hafta mashinalarning tushirib olinishini kutib qoldi. Port sotilmagan mashinalar bilan to‘la ekanligi oqibatida yuklarni tushirish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. Bunga nafaqat AQShda, balki butun dunyodagi avtomobillar savodasiga ta’sir ko‘rsatgan koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan, deb xabar qiladi Motor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kattaligi ikkita futbol maydonidek keladigan kema 24-aprel kuni AQShga Nissan Armada yo‘ltanlamaslari, Rogue krossoverlari va Infiniti sedanlarini olib kelgan. Odatda uni bo‘shatish uchun yarim kun ketadi, biroq bu safar Jupiter Spirit Los-Anjeles qirg‘oqlarida 29-aprelga qadar qolib ketgan. Bunga port va uning yaqinidagi omborlar avtomobillar bilan to‘lib qolgani sabab bo‘lgan.

Koronavirus pandemiyasi fonida AQSh bozoridagi ko‘plab avtobrendlar savdolar hajmi tushib ketganini ma’lum qilgan. Masalan, aprel oyida Mazda’ga bo‘lgan talab 2019-yilning apreliga nisbatan 44,5 foizga tushib ketgan bo‘lsa, Subaru’da ushbu ko‘rsatkich 47 foizga teng. Toyota — 54 foizga, Kia — 38 foizga, Genesis savdolari esa 50 foizga tushib ketgan. Eksperlarning fikricha, Shimoliy Amerika bozori aprel oyida 80 foizga zarar ko‘radi.

Avvalroq Hindistonda avtomobillar savdosi birinchi bor nolga qadar tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют