» » O‘zbekistonga import qilinadigan ayrim xomashyolar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilindi

O‘zbekistonga import qilinadigan ayrim xomashyolar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilindi


Import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingan.

Farmonga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020-yil 1-aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi. Farmon bilan import qilinadigan ayrim xomashyo va materiallar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji to‘lashdan ozod qilindi.

2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatlari tuzilmalarida belgilangan shtat birliklari doirasida to‘qimachilik sanoati masalalari bo‘yicha tuzilmalar tashkil etiladi.

Bojxona bojlarini to‘lashdan ozod etiladigan import qilinadigan xomashyo va materiallar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, 2020-yil 1-sentabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 2021—2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanadi.

Bunda har bir yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish o‘rnini tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) berish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytirilishi belgilangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют