» » Sardobadagi falokat oqibatida Qozog‘istonda yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston tomonidan maxsus texnikalar jo‘natildi

Sardobadagi falokat oqibatida Qozog‘istonda yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston tomonidan maxsus texnikalar jo‘natildi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Turkiston viloyatida favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiston viloyatida suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini yana bir karra o‘rgandi va zarur tadbirlar belgilab olindi.

Vazirlikning qayd etishicha, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikasidan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar Turkiston viloyatiga yetib borgan.

“Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mindan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mazkur favqulodda holatni muhokama qilish uchun Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston hukumati Sardoba suv omboridagi falokat sabab qo‘shni mamlakatda yuz bergan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishda qozog‘istonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют