» » Taysonning murabbiyi: Mayk 53 yoshida ham mashg‘ulotlarda yosh yigitlardek kuch va tezlik namoyish qilmoqda

Taysonning murabbiyi: Mayk 53 yoshida ham mashg‘ulotlarda yosh yigitlardek kuch va tezlik namoyish qilmoqda


Boks murabbiyi Rafael Kordeyro superog‘ir vazn toifasining sobiq mutlaq chempioni Mayk Taysonning ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi. Mutaxassisning fikricha, 53 yoshli bokschi o‘zining tezlik va kuchini yo‘qotmagan.

“Mayk 10 yildan oshiq vaqt davomida zarbalar ustida ishlamagandi, shu sabab u namoyish qilayotgan jarayonni ko‘raman deb kutmagandim. Tayson o‘zining 53 yoshida 21-22 yoshli yigitlarnikidek kuch va tezlik ko‘rsatmoqda.

Ringga qaytadimi? Buni ayta olmayman. Agar u biror nima qilishni istasa, biz bunga yuz foiz tayyor bo‘lamiz. Evander Holifild bilan uchinchi jangni tasavvur qila olarmidingiz?”, — deydi Kordeyro.

Mavzuga doir: Mayk Tayson ringga qaytadi. 53 yoshli bokschi bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etadi

Avvalroq Tayson professional janglarda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. U so‘nggi bor 2005-yilda jang o‘tkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют