» » AQSh O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratadi

AQSh O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratadi


AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga beriladi, deb xabar bermoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Ushbu mablag‘ COVID-19 testlari uchun laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, ajratiladigan mablag‘ CDC Atlantada ochganiga o‘xshash O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihozlar xarid qilish va trening o‘tkazishga sarflanadi.

Qayd etilishicha, CDC chegara kirish punktlarida tekshiruvdan o‘kazish uchun texnik ko‘mak ham beradi, bu esa mamlakatning chegaralarda shaxslarni aniqlash va javob qaytarish qobiliyatini mustahkamlaydi.

Avvalroq Jahon banki koronavirus oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 95 million dollar miqdoridagi mablag‘ga qo‘shimcha sifatida 200 million dollar ajratishni ma’qullagani xabar berilgan edi. AQSh hukumatining Xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi (USAID) O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha ko‘mak berilishini bildirgan.

O‘zbekiston Prezidentining 22-aprelda imzolagan qaroriga ko‘ra, pandemiya oqibatlarini kamaytirish uchun 2020-yilda 3,1 milliard dollar jalb qilish rejalashtirilgan. Respublikada koronavirusga qarshi kurash uchun tashkil etilgan “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 6-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2231 nafarga yetgan. Kasallik ilk bor qayd etilganidan buyon bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1577 nafari sog‘aydi. Ayni vaqtda 644 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют