» » Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi

Toshkent davlat transport universiteti tashkil etiladi


Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti va Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent transport universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining bu boradagi tegishli qarorida keltirilishicha, universitet oldiga transport sohasi uchun kadrlar tayyorlash, tizimga xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, sohaning ilmiy salohiyatini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Rektorning birinchi o‘rinbosari xorijlik mutaxassis bo‘ladi. Universitet uchun dasturlar Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tayyorlanadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning 46 ta yo‘nalishi bilan birga, talabalar mutlaqo yangi 18 yo‘nalishda ta’lim olishi mumkin. 2020/2021-o‘quv yilidan universitetda kredit-modul ta’lim tizimi joriy etiladi. Har bir fakultet qoshida oltitadan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatadi.

Ta’limning asosini amaliyot tashkil etadi. Talabalar haftasiga bir kun mutaxassisligiga mos keladigan obyektlarda bo‘ladi. Talabalar nafaqat avto, avia va temiryo‘l transporti mutaxassisi sifatida, balki logistika sohasida ham tayyorlanadi.

Universitetga uning tarkibiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarining binolari beriladi. Bundan tashqari, yana uchta yangi obyekt quriladi, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi. Bularning barchasiga 243 milliard so‘m sarflanishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют