» » Germaniya hukumati mamlakatda futbol mavsumini davom ettirishga ruxsat berdi

Germaniya hukumati mamlakatda futbol mavsumini davom ettirishga ruxsat berdi


Germaniya hukumati may oyining ikkinchi yarmidan boshlab Bundesliga mavsumini qayta tiklashga ruxsat berdi.

Liga rahbariyati mavsumni qaysi sanada boshlashni o‘zi xal qiladi. Bu 15-may yoki 22-may bo‘lishi mumkin. Bild nashrining xabariga ko‘ra, navbatdagi tur o‘yinlari katta ehtimol bilan 15-mayda boshlanadi.

Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirokidagi vazirlar yig‘ilishida futbol chempionatini qayta tiklash masalasi maktab va maktabgacha ta’lim sohasiga bog‘liq masalalardan uzoqroq vaqt muhokama qilingan.

Mavsumni erta qayta tiklash borasidagi qarorga Bremen hududi vakillari qarshi chiqqan. Bundesligada Bremen shahrining “Verder” jamoasi harakat qiladi.

Birinchi va ikkinchi Bundesliga bahslari 26-turdan start oladi. Mazkur turda “Borussiya D” va “Shalke-04” o‘rtasidagi Rur derbisi bo‘lib o‘tadi. Barcha uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o‘tadi.

7-may kuni dastlabki ikki divizonning 36 klubi vakillari ishtirokida majlis o‘tkaziladi. Unda mavsumni qayta tiklash rejasi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют