» » Oshxonadan zudlik bilan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta narsa

Oshxonadan zudlik bilan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta narsa


Agar siz hali ham oshxonadagi eng zararli narsa mayonez deb o‘ylasangiz, xato qilasiz.

Qo‘llarni va idishlarni yuvish uchun antibakterial vosita sotib olish eng oqilona qarorga o‘xshaydi. Lekin olimlar buni ma’qullamaydilar. Ularning fikricha, agar inson organizmiga bunga o‘xshash vositalar tarkibining asosini tashkil qiluvchi triklozan antibiotigining juda kam miqdorda bo‘lsa ham tushishi homiladorlik asoratlari va endokrin tizimi muammolariga olib keladi, shuningdek u immun qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Arizona Universiteti mikrobiologlari ishlov beruvchi yog‘och taxtalar ko‘plab mikroorganizmlarning manbai degan xulosaga kelishdi. Ularning aytishicha, mikroblar to‘dasi ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqarmasa ham toshmalar, vazn yig‘ilishi va allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Yorilgan yoki singan idishlarda ovqat yeyish xavfli hisoblanadi. Agar sirlangan qozon yoki chinni idishning yuqori qavati zararlangan bo‘lsa, bu idish tayyorlangan material oziq-ovqat mahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin.

Sovutgich ustidagi magnitlar, har xil o‘yinchoq haykalchalar va chet eldan keltirilgan mayda-chuydalar oshxonaga shinamlik bag‘ishlaydi albatta, lekin xona muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘zlarida chang, yog‘, mayda narsalarni to‘playdi va mikroorganizmlar makoniga aylanadi.

Har bir plastik idishning xavfsizligini kafolatlovchi qat’iy belgilangan xizmat qilish muddati bo‘ladi. Bu oziq-ovqatlar uchun ishlatiladigan plastiklar uchun, idishni qat’iy yo‘riqnoma asosida foydalanish sharti bilan 1-2 yil qilib belgilangan.

Manba: “WHRussia.com”

Опубликовано: admin (18-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют