» » Germaniyalik olimlar superkompyuter yordamida koronavirusga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dorilarni aniqladi

Germaniyalik olimlar superkompyuter yordamida koronavirusga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dorilarni aniqladi


Germaniyalik olimlar yangi turdagi koronavirusga qarshi samara berishi mumkin bo‘lgan yangi dorilarning nomini ma’lum qildi. Tadqiqot natijalari Germaniyaning Mayns universiteti saytida e’lon qilingan.

Mayns universiteti mutaxassislari Mogon II superkompyuteri yordamida SARS-CoV-2 virusiga qarshi kurashda virusga qarshi dorilarning samaradorligini tahlil qildi. Qurilma ochiq ma’lumotlar bazalarida tavsiflangan 42 mingta turli tibbiy modda bilan hisob-kitoblarni amalga oshirgan. “Kompyuter modellashtirishining mazkur usuli molekulyar ulanish sifatida tanilgan va u fanda bir necha yillardan buyon qo‘llaniladi”, — deyiladi olimlarning hisobotida.

Taxminan ikki oy davom etgan tadqiqotlar asosida superkompyuter SARS-CoV-2 virusining qismlarini bog‘lash va neytrallashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan gepatit C’ga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalarini topdi. Ularning qatoridan simeprevir, paritaprevir, grazoprevir va velpatasvir o‘rin olgan.

Kompyuterning hisob-kitoblarini tekshira turib olimlar SARS-CoV-2 va gepatit C kasalligining qo‘zg‘atuvchisini bir zanjirlik RNK viruslari qatoriga kiritish mumkinligini aniqladi. Tadqiqot ishtirokchisi professor Tomas Effertning ma’lum qilishicha, mazkur ilmiy ishning natijalari laboratoriya tajribalari va klinik sinovlar yordamida tekshirilishi kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют