» » AOKA bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qaror loyihasini ishlab chiqdi

AOKA bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlashga doir qaror loyihasini ishlab chiqdi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarni qo‘llab-quvvatlash va ular faoliyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Agentlik xabarida aytilishicha, loyihadan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining gazeta va jurnallari xodimlari maoshlarini mahalliy hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan qoplash, sof foydani tahririyat hisobida qoldirish, davriy bosma nashrlarning xodimlari malakasini oshirish, xususan, gazeta va jurnallar elektron nashrini yuritishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish kabi bir qator muhim vazifalar o‘rin olgan.

Jumladan, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlar 2020-yil 1-iyuldan boshlab davlat boji undirilmasdan ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘z muassisliklaridagi davriy bosma nashrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan, jurnalist-kadrlar zaxirasini shakllantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2021—2022-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishlari lozim bo‘ladi.

“Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilanadi:

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari muassisligidagi davriy bosma nashrlarning veb-sayt shaklini yaratish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning serverlari TAS-IX tarmog‘iga joylashtiriladi.

Loyiha muhokamasi 21-maygacha davom etadi, ushbu hujjat loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalarni quyidagi havola orqali bildirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют