» » Porsche 911 motori ko‘rinishidagi qahva tayyorlovchi mashina taqdim etildi. U ikkita Lada Granta’dan qimmatroq turadi

Porsche 911 motori ko‘rinishidagi qahva tayyorlovchi mashina taqdim etildi. U ikkita Lada Granta’dan qimmatroq turadi


Janubiy Afrikadagi avtomobil detallari ko‘rinishidagi qahva tayyorlovchi mashinalarni yaratishga ixtisoslashgan Super Veloce kompaniyasi o‘zining yangi modelini taqdim etdi. U Porsche 911 dvigateli ruhida yaratilgan bo‘lib, narxi 10 ming yevrodan qimmatroqqa baholangan, bu pulga ikkita Lada Granta avtomobilini xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Kompaniyaga Formula-1 tarixi va poyga avtomobillarining motorlariga ishqiboz bo‘lgan Paolo Mastrojuzeppe tomonidan asos solingan. Kompaniya dizaynerlari qahva mashinalarini yaratishda aynan ulardan ilhomlanadi, biroq bu safar uning asosini Porsche 911 dvigateli tashkil etdi.

Asos qilib 933 indeksli oilaga mansub agregat olingan — bu havo orqali sovutiluvchi so‘nggi avlod avtomobili. Qavha tayyorlovchi mashinalar lineykasi Espresso Veloce RS Black Edition nomini olgan bo‘lib, u tashqi ko‘rinishi bilan olti silindrli dvigatelning xuddi o‘ziga o‘xshaydi.

Shuningdek, kompaniya materiallarni tanlashda ham orginalidagi kabi bo‘lishiga ahamiyat qaratgan: alyuminiy, titan va zanglamaydigan po‘lat. Klapan qopqolari imitatsiyasi esa ugleplastikdan tayyorlangan.

Og‘irligi 21,5 kilogramm bo‘lgan mazkur qahva mashinasi 10 200 yevrodan sotilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Germaniyada 993 modifikatsiyali Porsche 911 mashinasi 40 ming yevro turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют