» » Rossiya madaniyat vazirida koronavirus aniqlandi

Rossiya madaniyat vazirida koronavirus aniqlandi


Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova koronavirusga chalindi. Bu haqda vazirning matbuot kotibi Anna Usachyova ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Ma’lum qilinishicha, madaniyat vazirining koronavirus bo‘yicha topshirgan test natijasida u koronavirusga chalingani aniqlangan. Vazir ayni paytda o‘z uyida ish faoliyatini davom ettirmoqda. Kasallik yengil shaklda o‘tmoqda va vazirning kasalxonaga yotqizilishi rejalashtirilmagan.

Olga Lyubimova Rossiya hukumatining koronavirusga chalingan to‘rtinchi a’zosi bo‘ldi. O‘zining koronavirusga chalingani haqida birinchi bo‘lib 30-aprel kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qilgandi. U kasalxonaga yotqizilgach, hukumat rahbari vakolatlari bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousovga yuklatilgan. 1-may kuni esa Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.

Bundan tashqari, Rossiya ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov “o‘zini yakkalash” rejimiga o‘tgan. Qayd etilishicha, bunga vazirlik xodimlaridan birida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning 6-may kuni bergan intervyusiga ko‘ra, Mishustin doimiy ravishda telefon orqali aloqada bo‘lib turibdi. Biroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 6-may kuni COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan videoyig‘ilishda Mishustin ishtirok etmaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 165 929 kishi koronavirusga chalingan, 21 327 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 1537 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют