» » Navoiyda 25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Navoiyda 25 ming dollarga soxta simob sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida 25 ming AQSh dollariga soxta simob moddasini sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar — V.D. hamda K.B.ning oldindan jinoiy til biriktirib, yashirin xatti-harakatlar sodir etayotgani Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining e’tiborini tortgan.

Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qoidabuzarlar o‘zganing mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 25 ming AQSh dollariga simob moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud kimyoviy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, fuqarolar tarkibida biror bir kuchli ta’sir qiluvchi va yadroviy moddalari mavjud bo‘lmagan moddani qalbaki simob moddasi sifatida sotganligi ma’lum bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, musodara qilingan.

Mazkur holat yuzasidan V.D. hamda K.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda 700 gr simobni 6000 dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют