» » Nyu-York meri bolalarda koronavirusning yangi belgilari kuzatilayotganini ma’lum qildi

Nyu-York meri bolalarda koronavirusning yangi belgilari kuzatilayotganini ma’lum qildi


Nyu-York ma’muriyati koronavirusning bolalar organizmiga yangi salbiy ta’siri aniqlanganidan xavotirda. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda shahar meri Bill de Blazio o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, Nyu-Yorkda COVID-19 bolalar organizmida tizimli yallig‘lanish keltirib chiqarishi bo‘yicha 15 ta holat aniqlangan. Bolalarda isitma, teri toshmalari, qorin og‘rig‘i, qayt qilish kabi belgilar kuzatilgan.

Bill de Blazio yuqoridagi belgilar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligini ta’kidlagan. “Ota-onalar, iltimos, e’tiborli bo‘ling, chunki gap bolalarimiz sog‘lig‘i haqida ketyapti. Hatto bir necha kun avval bunday holatlarga duch kelmagandik, ammo endi ko‘ryapmiz”, — degan u.

Nyu-York merining ta’kidlashicha, hozirda kasallangan 15 nafar bolada tizimli yallig‘lanish holatlari aniqlangan. Ularning 4 nafarida COVID-19 tashxisi ijobiy chiqqan, qolgan 6 nafarida esa antinana borligi aniqlangan.

“Biz COVID-19’ning organizmga ta’siri haqida kun sayin ko‘proq ma’lumot olyapmiz. Bu shafqatsiz kasallik”, — deydi u. Shuningdek, mahalliy departament barcha tibbiyot xodimlariga 21 yoshgacha bo‘lganlar orasida koronavirusga chalinish bo‘yicha barcha holatlar haqida zudlik bilan xabar berishni topshirganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi Olivye Veran mamlakatda bolalar o‘rtasida juda kam uchraydigan yallig‘lanish sindromi kuzatilayotganligini va buning COVID-19’ga aloqasi bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Nyu-Yorkda koronavirusga chalinish bo‘yicha 321 192 ta holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: Xitoyda o‘quvchilar maktabga X asrga oid bosh kiyimida kelmoqda. U bolalarga masofa saqlashga yordam beradi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют